BWT Uzbekistan

Bola uchun suvda nima qolishi kerak

Ota-onalar koʻp soʻraydi: filtr foydali minerallarni ham olib tashlaydimi? Javob filtr turiga bogʻliq.

Chop etilgan 3 daqiqa oʻqish

Ikki qiz stol atrofida suv ichmoqda

Minerallar suvda erigan

Kalsiy va magniy suvda qum kabi suzib yurmaydi. Ular toʻliq erib ketgan, xuddi shoʻrvadagi tuz kabi. Shoʻrvadagi tuz koʻrinmaydi, lekin taʼmi bor: u yoʻqolmagan, juda mayda zarralarga ajralib ketgan. Ularning zarrasi bakteriyadan minglab marta mayda. Filtr nimani ushlab, nimani oʻtkazishi shu oʻlchamga bogʻliq.

Filtr membranasini elakka oʻxshatish mumkin. Teshigidan kattasi qoladi, kichigi oʻtib ketadi.

Ultrafiltratsiya: 0,1 mkm

Ultrafiltratsiya membranasining teshigi 0,1 mkm. Bakteriya, loyqa va mayda zarralar undan oʻtolmaydi. Erigan kalsiy va magniy esa bemalol oʻtadi, chunki ular teshikdan ancha mayda. Suvning mineral tarkibi oʻzgarmaydi.

Osmos: 0,0001 mkm

Osmos membranasida teshik ming barobar mayda: 0,0001 mkm. Shuning uchun erigan tuzlar ham oʻtolmaydi. Osmos suvida mineral deyarli qolmaydi. Osmos aynan shu ish uchun qilingan.

Shuning uchun BWT da magniyli kartrij bor

BWT liniyasida suvni magniy bilan boyituvchi kartrij bor. Osmos minerallarni olib tashlasa, shu kartrij orqali suvga yana magniy qoʻshiladi.

Filtr nimani vaʼda qilmaydi

Filtr davolamaydi va ovqat oʻrnini bosmaydi. Uning vazifasi bitta: suvdan keraksizini olib tashlash va qolganiga tegmaslik. Bola ratsioni haqidagi savolni filtr hal qilmaydi.

Uyda qaysi biri

Koʻpincha soddasi yetadi. Suv yumshoq boʻlsa, 0,1 mkm ultrafiltratsiya yetadi: bakteriyani ushlaydi, mineral tarkibiga tegmaydi. Suv qattiq boʻlsa, SLIM dagi yumshatish kartriji ortiqcha qattiqlik tuzlarini kamaytiradi, SLIM 4 esa suvga magniy qoʻshadi.

Choynakdagi ohak va idishdagi oq dogʻlar suv qattiqligidan darak beradi. Sizga qaysi biri kerakligini suv tahlili aniq koʻrsatadi. Suv tahliliga ariza qoldiring, natijaga qarab filtr tanlaymiz.

Bu mavzu Telegram kanalimizda karusel boʻlib chiqqanTelegramda ochish · @bwt_uzb

Uyingizdagi suv qanday ekanini bilmaysizmi?

Ariza qoldiring. Suv tahlili boʻyicha yordam beramiz va natijasiga qarab tizim tanlaymiz.

Ariza qoldirish
Barcha maqolalar

Boshqa maqolalar